“Qadriyatlarning qayta yaralishi”
01 Kim qatnashadi
Yoshingiz 15dan 21gacha! Va siz jonli kuylay olasiz! Demak bu sizning sahnangiz!
O'zbekiston tarixidagi ilk milliy kasting — tajriba va tayyorgarlikdan qat'i nazar, barcha uchun ochiq.
- Ishtirokchilar yoshi 15 – 21
- Kasting shaharlari soni 5
- Milliy loyiha 1
02 Bu qanday ishlaydi
Sahnagacha uch qadam
-
01
Anketani to‘ldiring
Ma'lumotlarini qoldiring va qulay shaharni tanlang. Bu ikki daqiqadan kam vaqt oladi — tasdiq anketada ko'rsatilgan raqamga keladi.
-
02
Kastingdan o'ting
Belgilangan vaqtda kastingda ishtirok eting. Kasting fonogrammasiz, faqat jonli ijroda bo'lib o'tadi. Hakamlar hay'ati ishtirokchining tabiiy vokal imkoniyatlari va ijro mahoratini baholaydi.
-
03
Milliy loyihaning bir qismiga aylaning
Mamlakatning eng iqtidorli ovozlari milliy loyiha doirasida birlashadi. Ishtirokchilar professional prodyuserlar, sahna va ommaviy axborot vositalari e'tiborida bo'lishadi.
03 Shaharlar va sanalar
Kasting respublika bo'ylab o'tkaziladi
Besh shahar — besh sahna. O'zingizga qulayini tanlang.
04 Savollar
Ko'p beriladigan savollar
Yo'q. Kasting 15 yoshdan 21 yoshgacha bo'lganlar uchun ochiq. Musiqa maktabi ham, avvalgi sahna tajribasi ham talab qilinmaydi, hakamlar ovoz va aktyorlik mahoratiga baho beradi.
Yo'q. Ishtirok barcha besh shaharda bepul. Tashkilotchilar hech bir bosqichda badal yig'maydi.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat. Milliy yo'nalishdagi asar ijrosiga tayyorgarlik ko'rish va a cappella kuylash.
Ha. Ishtirok doimiy ro'yxatga olingan manzilga bog'liq emas — o'zingizga qulay shaharni tanlang.
Tashkilotchilar shahringizdagi kastingdan so'ng, bir necha kun o'tib, anketada ko'rsatilgan telefon raqam orqali kastingdan o'tgan ishtirokchilar bilan bog'lanadi.
Kastingning barcha bosqichlarida faqat milliy
qo'shiqlar va folklor asarlari ijrosiga ruxsat
beriladi: maqom, baxshi, ashula, suvora, yalla,
lapar va boshqa an'anaviy janrlar.
Xorijiy qo'shiqlar va zamonaviy o'zbek qo'shiqlarini
ijro etish taqiqlanadi.
Barcha ishtirokchilar a cappella kuylaydi. Kasting bosqichida
minusovka yoki jo'rnavozlik kerak emas va
taqdim etilmaydi.
05 Anketa
Sahnaga chiqishga tayyormisiz?
Milliy tanlov anketasi
Anketani diqqat bilan to‘ldiring.
Anketa qabul qilindi
Tanlangan shahardagi kastingdan oldin siz bilan bog‘lanamiz.